Sudanda davlat to‘ntarishi sodir bo‘lishi mumkinmi?

Image copyright Reuters
Image caption Odamlar zo‘ravonliklardan qo‘rqib, uylarini tashlab qochganlar

Afrikaning eng yosh davlati, ikki yil avval mustaqillik e‘lon qilgan Janubiy Sudanda qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Nuer va Dinka etnik guruhlari neftga boy shimoliy hududlarda qaqshatqich janglar olib borishayapti.

Minglab odamlar uylaridan qochgan. Prezident Obama Janubiy Sudan fuqarolar urushi bo‘sag‘asida turganini aytib, janglarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

Prezident Salva Kiir uni o‘zining sobiq vitse prezidenti Riyek Machar to‘ntarishga uringanini aytmoqda.

Biroq janob Machar buni rad qiladi. Ho‘sh, Janubiy Sudandagi vaziyat hozir qanday bosqichda?

Demak, Janubiy Sudan dunyoning eng yangi davlati, bu davlat Afrikaning markazida joylashgan va oltita mamlakat bilan chegaradoshdir.

Janubiy Sudan neftga boy, ammo o‘n yillab davom etgan fuqarolar urushi tufayli u dunyoning eng qashshoq mamlakatlaridan biri - aholining faqat 15 foizi mobil aloqa xizmatidan foydalanadi. Infratuzilma abgor. Avtoyo‘llar juda oz.

Shuning uchun markaziy mintaqalardan oqadigan Nil daryosi muhim transport va savdo yo‘liga aylangan. Chorvachilik Janubiy Sudan iqtisodida qon tomir sanaladi. Odamlarning boyligi chorvaning kattaligi bilan belgilanadi.

Janubiy Sudan 2011 yilda Sudandan ajralib chiqdi. O‘shandan beri mamlakatda bir necha bor qurolli qo‘zg‘olonlar kechdi. Chegarada to‘qnashuvlar bo‘ldi. Chorva ustidan fojeali mojarolar bo‘ldi. Ammo bularning bari poytaxt Jubadan tashqarida kechar edi.

Hukumatning asosiy xavotiri neft oqimining davomiyligini ta‘minlash bilan bog‘liq edi.

Image copyright AFP
Image caption Sudanga insonparvarlik yordamlari yuborilmoqda

Ayni shu masala Sudan bilan munosabatlarni taranglashtirgan va faqat Aprel oyiga kelib neft ta‘minoti yana yo‘lga qo‘yilgandi.

Qudratdagi partiya orasida ziddiyatlar Iyul oyida boshlandi. Ko‘pchilik Dinka guruhidan bo‘lgan Prezident Salva Kiir, ozchilik Nuer guruhi vakili bo‘lmish o‘rinbosari Reyk Macharni vazifasidan bo‘shatdi.

Davlat to‘ntarishi haqida xavotirlar bor.

Biroq bu vaziyatga bog‘liq. Jubadagi janglarning aniq tafsilotlari ayon emas. BMTga ko‘ra, janglar asosan etnik asosga ega... Prezident Kiir o‘zining o‘rinbosari Macharni ayblamoqda. Machar hozirda yashirinib yurgani aytilmoqda.

Ammo u o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda. Kiir janoblarini korruptsiyaga qarshi kurashmagani va Iyul oyida partiya rahbarligi uchun unga qarshi kurashishini ma‘lum qilgan.

So‘nggi voqealar Fuqarolar urushiga aylanib ketishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirishlar yangramoqda.

BMT Xavfsizlik kengashining rahbari Jerard Arod ana shunday xavf bilan ogohlantirmoqda.

Ya‘ni, Dinka va Nuyr etnik guruhlari orasida urush chiqishi xavfi...

Hozirda Jubadagi BMT qarorgohida 20000 mingga yaqin odamlar boshpana izlab kelishgan.

Mamlakatda uzoq davom etgan fuqarolar urushi tufayli qurol-yaroq ko‘p.

Ammo ayrim kuzatuvchilar, Prezident bu vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanayotgani va tanqidchilarini jilovlab qo‘yish niyatida ekanini aytishmoqda.