Rossiya: Xorijliklar uchun maxsus onlayn xizmati nega kerak?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiya Federal Migratsiya Xizmati o‘zga davlat fuqarolari uchun maxsus onlayn xizmatini yo‘lga qo‘ygan.

Endi Rossiyaga kirmoqchi bo‘lgan shaxs bunga qanchalik haqli yoki yo‘q ekanligini tashkilot rasmiy web sahifasi orqali bilib oladi.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, shu yil boshidan buyon qolish tartib-qoidalarni buzgan to‘rt yuz mingdan ortiq chet ellikning Rossiyaga kirishi taqiqlangan.

Xizmat rahbari esa, o‘zaro viza tartibi amal qilmaydigan davlatlardan bo‘lgan tartibbuzarlarni 10 yilgacha Rossiya hududiga kiritmaslik taklif etmoqda.

Biz so‘nggi yangilikka munosabatini bilish uchun Moskvadan muhojirlar huquqlarini himoya etish bilan shug‘ullanuvchi faol Bahrom Hamroyev bilan bog‘landik.