Darig‘a Nazarbayeva: "Nasha o‘sadigan yerlarni ijara berish kerak"

Image copyright none

Xabar qilinishicha, Qozog‘iston parlamenti a‘zosi va mamlakat prezidentining qizi - Darig‘a Nazarbayeva yovvoyi nasha o‘sadigan yerlarni yirik farmatsevtika shirkatlariga ijaraga berishni taklif qilgan.

Mazkur taklif bir necha o‘n yildan beri mamlakatda nasha o‘stirishga barham berish harakatlari muvaffaqiyatsiz kechayotgan bir paytda yangramoqda.

"Men nashaga yondashuvimizni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qilaman", deb aytgan Darig‘a Nazarbayeva parlamentda qilgan chiqishida. Bu haqda Tengri Nyus websahifasi xabar qilgan.

Ichki ishlar vaziri Qalmuxanbet Qosimov g‘oyaga xayrixoh ko‘ringan. U Frantsiya yer hajmidan ikki baravar katta Shuy vodiysiga ishora qilgan.

Qozog‘iston rasmiylari o‘zlari esa, mazkur Jambil viloyatida joylashgan Shuy mintaqasida o‘sadigan yovvoyi nashani yo‘q qilishga qarshi bir necha yillardan beri kurash olib borishadi.

"Siz ushbu 140,000 gektarli yerni muhrlab qo‘ya olmaysiz", deydi u. "Nasha butun mamlakatimiz bo‘ylab tarqalmoqda".

Nazarbayeva xonimning taklifi Qozog‘istonda istiqomat qiluvchi ba‘zi odamlar uchun mubohasali ko‘rinishi mumkin. Mamlakatda bangivorlik keng tarqalgan va hukumatning giyohvand moddalarga qarshi siyosati amalga qat‘iy amalga tadbiq etilgan.

Parlament majlisidan chiqqanidan so‘ng jurnalistlarga gapirgan Darig‘a Nazarbayeva o‘zi hech qachon nashani qo‘llab ko‘rmaganini ochiqlagan.

"Hatto, qanday hidi borligini ham bilmayman, to‘g‘risini aytsam", deb aytgan u.

Qozog‘istondagi yirik hududlar ayni o‘simliklarni o‘stirish uchun imkonli ekani giyohvandlik muammosi ortidagi asosiy omillardan biri sifatida ko‘riladi.

Yana bir omil Afg‘oniston. Afg‘onistonda yetishtiriladigan giyohvand moddalaorning 15 foizga yaqini Rossiya va Ovro‘poga Markaziy Osiyo orqali olib o‘tiladi.