Janubiy Afrikada fil sayyohlar mashinasini majaqladi

Janubiy Afrika Respublikasidagi sayyohlar orasida o‘ta ommabop Kruger safari parkiga tashrif buyurgan britaniyalik oila ularni qanday hodisa kutayotganligini tasavvur ham qilishmagandi.

Ular ketayotgan mashina yo‘lini parkdagi fillardan biri to‘sib chiqdi. Mashina filga "yoqmadi" shekilli, atrofini bir aylanib chiqqanidan so‘ng uni ag‘darib, majaqlay boshladi.

Hodisani ortda kelayotgan mashinadagi sayyohlar filmga tushirishgan.

Baxtli tasodif tufayli mashinada bo‘lgan sayyohlar jiddiy jarohat olmaganlar.

Bu kabi tajovuzkor amalga nima uchun qo‘l urganligini aniqlay olmaganlaridan so‘ng filni otib tashlashga qaror qilganlar.