Xitoy politsiyasi uyg‘ur olimi Ilhom To‘xtani hibsga oldi

Image caption Aziz To‘xta Pekin Universiteti professoridir

Xitoyda politsiya uyg‘ur millatiga mansub bo‘lgan taniqli olim Ilhom To‘xtani hibsga olgan.

Bu haqda Ilhom To‘xtaning xotini Go‘zaloy Nuriy xabar bergan.

45 yoshli Ilhom To‘xta Pekin Universitetida iqtisoddan dars berardi.

Turmush o‘rtog‘ining ma‘lum qilishicha Ilhom To‘xta chorshanba kuni Pekindagi uyidan bir necha politsiya xodimi tomonidan olib ketilgan.

Kompyuterlari va telefonlari ham musodara qilindi, deb aytgan uning xotini.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so‘zchisining aytishicha, Ilhom To‘xta qonunni buzganlikda gumon qilinayapti.

Uyg‘urlar asosan Xitoy g‘arbidagi Shinjon muxtor bo‘lgasida yashashadi va bu mintaqada xitoylik xanlar va uyg‘urlar o‘rtasida tez-tez to‘qnashuvlar yuz berib turadi.

Xitoy hukumati zo‘ravonliklar uchun ekstremistlar va bo‘lginchilarni ayblab keladi.

Ammo uyg‘ur faollari zo‘ravonliklar ortida etnik ziddiyatlar va Xitoyning uyg‘urlarga ustidan qattiqqo‘l nazorati turganini aytishadi.

Ashaddiy tanqidchi

Janob To‘xtaning xotini Guzaloy Nuriyning Assoshietd Press xabar agentligiga aytishicha, politsiya zobitlari Ilhom To‘xtaning qayerga olib ketganliklarini ma‘lum qilishmagan.

Bu gal boshqacha bo‘ldi; ular Shinjon, Pekin va qo‘shni politsiya bo‘linmalari doxil ko‘plab xavfsizlik zobitlarini yuborishdi", - deb aytgan Guzaloy. - "Bu gal vaziyat ancha jiddiy."

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so‘zchisi Hong Leining aytishicha, uyg‘ur olimiga nisbatan "jinoiy ish qo‘zg‘atilgan" va u "jinoyatlar sodir etish va qonunni buzish"da gumon qilinmoqda.

Pekin Universitetining o‘qituvchisi Ilhom To‘xta Xitoy etnik siyosatining keskin tanqidchilaridan biri sifatida tanilgan.

U yaqinda web sayt orqali Pekinning Tyananmen maydonida sodir etilgan halokatli hujumlar ortidan uyg‘urlarga bosimlar kuchayganidan xavotir izhor etgandi.

O‘tgan yil oktyabrida yonib avtomobil Tyananamen maydonida odamlar ustiga haydalgan va natijada besh inson halok bo‘lgandi.

Xitoy rasmiylari hodisa uchun uyg‘ur bo‘lginchilarini ayblab chiqdi.

Associated Press xabariga ko‘ra, janob To‘xtining yana qator talabalari rasmiylar tomonidan so‘roq qilingan.

O‘tgan yili Xitoy hukumati janob To‘xtaning xorijga chiqishini taqiqlab qo‘ygandi.