London smart parkovka qilish sensori o‘rnatadi

Londonning Vestminster mavze‘si ma‘muriyati kelasi haftadan yo‘llarda aqlli parkovka qilish sensori o‘rnatishni boshlaydi.

Sensor tizimi haydovchilarga qaysi joy to‘xtashga imkonli ekani borasida ma‘lumot berib turadi.

Avtomobil egasi bunga qo‘shimcha o‘z telefonida o‘rnatilgan maxsus programma yordamida mavjud to‘xtash joylari xaritasini ko‘rishga muvaffaq bo‘ladilar.

Umid qilinishicha, sensor tizimi ham qatnov tig‘izligi va karbon gazlari miqdorini kamaytirishga xizmat qiladi.

Rasmiylarga ko‘ra, haydovchilar to‘xtash uchun joy qidirib, o‘rtacha 15 daqiqadan vaqt sarflashadi.

Ularning ta‘kidlashlaricha, yangi sensor tizimi ham mahalliy aholi va ham bu yerga keluvchilar uchun juda foydali bo‘ladi.

Agar bu tadbir Vestminsterda ish bersa, uni butun London bo‘ylab amalga tadbiq etish mumkin.

Bundan oldin sensor tizimi kichikroq ko‘lamda - muayyan ko‘chalarda sinab ko‘rilgan.

Bugun nafaqat Londonda, balki dunyo bo‘ylab barcha shaharlarda aholi kundalik turmushini yaxshilash uchun avtomobillar to‘xtash joyi bilan bog‘liq muammoni hal etishga urinilmoqda.

Dublinda ParkYa deb nomlangan shirkat bu borada o‘z elektron dasturini ishlab chiqqan.