Rossiyada yana bir o‘zbekistonlik vahshiylarcha o‘ldirilgan

Image copyright BBC World Service

Payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Moskva shimolida O‘zbekiston fuqarosi vahshiylarcha o‘ldirib ketilgan.

Interfaks axborot agentligiga ko‘ra, jasad payshanba kuni mahalliy vaqt bilan 23:00larda topilgan.

Agentlikning huquq-tartibot organlaridagi manba‘larga tayanib xabar qilishicha, sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari jasadda 20dan ortiq pichoq izlarini sanashgan.

Jarohatlar uning boshi, bo‘yni, qo‘li va butun boshqa tana a‘zolarida bo‘lgan.

Yana bir xabarga ko‘ra, hozirgacha nomi oshkor qilinmagan jabrdiydaning jasadi u yashagan uydan u qadar uzoq bo‘lmagan joydan topilgan.

Manba‘lar 29 yoshli o‘zbekistonlik millatchilik asosida o‘ldirilgan va qotillik buyuk ehtimol bilan millatchilar tomonidan sodir etilganini aytishadi.

Shahar Ichki ishlar bo‘linmasi matbuot xizmati jasad topilgani haqidagi xabarni tasdiqlagan.