Uzwebiston: Toshkentda plakatlar ko‘rgazmasi ochiladi

Image copyright none
Image caption Surat Podrobno.uz saytidan olindi

Podrobno.uzning xabar qilishicha, Toshkentdagi Rossiya ilm va madaniyat markazi "Sharq plakatlari" ko‘rgazmasini o‘tkazadi.

Rossiya ilm va madaniyat markazi matbuot xizmatiga ko‘ra, ko‘rgazmada 1918-1940 yillar oralig‘ida tayyorlangan plakatlar namoyishga qo‘yiladi.

Ushbu plakatlar haqida ko‘p narsa ma‘lum emas, ba‘zilari keng jamoatchilik hatto ko‘rmagan ham.

"Markaziy Osiyo, Qofqoz va Volgabo‘yi xalqlari uchun yaratilgan plakatlar o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan. Yorqin, obrazli, ko‘pda avangard uslubda chizilgan, e‘tiborni tortgan, dunyoqarashga ta‘sir qilgan va o‘zining targ‘ibot vazifasini to‘liq bajargan", deb yozadi Podrobno.uz.

"Ikki jahon urushi oralig‘ida yaratilgan" va bugungi kunga kelib "qimmatbaho tarixiy hujjatlarga aylangan" ushbu suratlar ko‘rgazmasi Toshkentdagi Rossiya ilm va madaniyat markazi, Rossiya yangi tarixi markaziy davlat muzeyi va "Marjani" jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazma 17 yanvar kuni Toshkentdagi Rossiya ilm va madaniyat markazida ochiladi.