Parijda yashayotgan o‘zbek muhojiri: "O‘zbekistonning porloq kelajagiga ishongandim"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright AFP
Image caption Parij...

Bugun O‘zbekistonni yaxshiroq hayot ilinjida tark etayotganlar oz emas. Ko‘plar Rossiya, Qozog‘iston, qolganlar esa, Ovro‘po, yana kimlardir ummon orti - Amerika tomon yo‘l solishgan.

Yillab muhojirotda yashash va ishlash qismati jamiyatning hech qaysi qatlamini - yoshu qari, erkagu ayolini chetlab o‘tmagan.

Hozir Frantsiya yashayotgan Ra‘no ham taqdirida muhojirlik bitilgan millionlarning biri.

U Frantsiyaga avvaliga o‘qishga kelgani, keyin esa, O‘zbekistonga qaytish fikridan qaytganini aytadi.

"O‘sha paytda iqtisodiy qiyinchilik bois O‘zbekistonni tark qilmaganman. Men O‘zbekistonning porloq kelajagiga ishonganman, juda ham ishonganman. Faqat boshqa dunyoni bilish, Ovro‘poni tanish uchun... o‘qish uchun kelgandim bu yerga", deydi u.

"Mana endi ko‘ryapmiz, O‘zbekistonda hech qanaqa siljish yo‘q... Na iqtisodiy va na siyosiy o‘zgarish yo‘q".