Dushanbega yuzlab kuzatuv kamerasi nega o‘rnatildi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Markaziy Osiyoning kambag‘al mamlakatlaridan biri Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri ko‘chalariga kuzatuv kameralari o‘rnatilayapti.

Shahardagi yo‘llarda harakatlanishni tartibga solish markazidan aytishlaricha, 22 million dollarga baholanayotgan ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad, ko‘chalarni piyoda va haydovchilar uchun xavfsiz qilish.

Biroq ayrim faollar fikricha, ushbu kameralar Tojikistonni 1994 yildan buyon boshqarib kelayotgan Prezident Imomali Rahmon hukumatiga qarshi chiqmoqchi bo‘lgan insonlarni kuzatish maqsadida o‘rnatilgan.

BBC muxbiri Roja Assadiy videolavhasi.