Qirg‘iziston o‘ngidagi tanlov: Bojxona Ittifoqi

Image caption Do‘rdoy bozoridagi savdogarlar Qirg‘izistonning Bojxona Ittifoqiga a‘zo bo‘lib kirishini olqishlamaydilar

Qirg‘iziston Rossiya yetakchiligidagi Bojxona Ittifoqiga a‘zi bo‘lishni istaydi. Lekin bu a‘zolikning o‘ziga yarasha xavflari ham bor.

Ammo Ukrainadagi kabi Rossiya bilan yaqinroq aloqalarga qarshi keng norozilik Qirg‘izistonda mavjud emas.

Bishkekdagi Do‘rdoy bozori butun Markaziy Osiyo bo‘ylab eng yirik ulgurji savdo markazi hisoblanadi. Bozor deyarli shahar ichidagi shahardek. Yuk mashinlarining temir konteynerlaridan tashkil topgan hisobsiz tor yo‘laklar ora hatto mahalliy aholi vakillari yo‘qolib qolishlari mumkin.

Do‘rdoyda savdo Xitoy bilan imtiyozli soliq tizimi tufayli gullab-yashnagan. Qirg‘iz savdogarlari O‘rimchi, Pekin va boshqa Xitoy shaharlaridan olib kelgan mollarini Rossiya, Qirg‘iziston va boshqa qo‘shni mamlakatlardan kelgan savdogarlarga ko‘tarasiga sotadilar.

Bojxona Xizmati ma‘lumotlariga ko‘ra, hozirda Qirg‘iziston importining deyarli chorak qismi Xitoydan keladi.

Lekin Xitoydan keltirilayotgan arzon mollar savdosi endilikda xavf ostida - Rossiya yetkachiligidagi Bojxona Ittifoqiga qo‘shilish unga a‘zo bo‘lmagan mamlakatlar, jumladan Xitoy bilan ham soliqlarning oshirilishini angalatadi.

Hozirda Xitoy bilan bojxona soliqlari deyarli nol foiz ekanligi nazarda tutilsa, bu o‘zgarishning ta‘siri katta bo‘lishi ehtimoli katta.

"Bu biz uchun yaxshi bo‘lmaydi, deb o‘ylayman", deydi Do‘rdoydagi do‘kon sohibalaridan biri Irina. "Ulurji mollarimiz mijozlari kelmay qo‘yadilar. Odamlar do‘kon va konteynerlarini yopishga majbur bo‘ladilar".

Hozirda Bojxona Ittifoqiga uch mamlakat a‘zo: Rossiya, Belorus va Qozog‘iston. Ittifoqni tashkil qilish g‘oyasi jo‘n: bojxona to‘siqlari bo‘lmagan umumiy bozorni yaratish.

Bir qarashda Ittifoqqa a‘zo bo‘lish qirg‘izistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun a‘zo davlatlar bozorlarida keng imkoniyatlarni angalatadi.

Lekin bu kabi a‘zolikning xavfli tomoni ham bor.

Image caption Qirg‘iziston Yengil Sanoati ikkala holatda ham zarar ko‘rishi mumkin

Jahon Banki taxminlariga ko‘ra, bugungi kunda Do‘rdoyda 100 mingdan ortiq kishi ishlaydi. Soliq tizimi o‘zgarsa, bu 100 ming kishiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Lekin bu kabi ta‘sir nafaqat savdogralarga bo‘ladi. Xitoydan keltiriladigan mollarga asoslangan sanoat sohalarida ishlovchilar ham ishlarini yo‘qotishlari mumkin.

500 ga yaqin mahsulot narxi oshishi mumkin, qashshoqlik darajasi o‘sishi ehtimoli bor.

Lekin Qirg‘iziston Iqtisod vaziri Temir Sariyevga ko‘ra, har qanday salbiy ta‘sir vaqtincha bo‘ladi va uch yildan keyin yo‘qoladi.

Qirg‘izistonga kelitiraligan mahsulotlarning uchdan bir qismi Rossiyadan keladi. Neft, yog‘och, un, ko‘mir va ba‘zi boshqa mahsulotlar faqatgina Bojxona Ittifoqiga a‘zo bo‘lgan mamlakatlardan keltiriladi.

"Biz bir-birimiz bilan yaqindan bog‘langanmiz. Agarda ular bilan erkin savdo uchun asos yaratmasak, kelajakda biznes yuritish uchun mushkulliklarga yuz tutishimiz mumkin", deydi janob Sariyev.

Mutaxassilar ham Bojxona Ittifoqiga qo‘shilmaslik salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkinligini tan oladilar. Kiyim-kechak ishlab chiqarish sanoati ikkala holda ham yomon ahvolda qolishi aytilmoqda.

"Agar biz Bojxona Ittifoqiga qo‘shilmasak, ular bizning mahsulotlar uchun bojxona soliqlarini ko‘taradilar", deydi Yengil Sanoat Assotsiatsiyasidan Farhod Tologonov. "Bizning asosiy bozorimiz ular bilan va mahsulotimizning 90 foizini ularga eksport qilar ekanmiz bu holat bizlar uchun yaxshi bo‘lmaydi".

Lekin unga ko‘ra, mamlakat yengil sanoati Ittifoqdan tashqarida bo‘lgan mamlakatlardan olib kelingan tekstil va uskunalarga qaram bo‘lgani uchun mahsulot tannarxi oshishi ham deyarli muqarrar.

Natijada Rossiyalik ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatga dosh berolmay qolib, u yerdagi bozordan voz kechishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Yengil Sanoat Qirg‘iziston yillik soliq tushumining 7 foizini tashkil qiladi va mamlakat bundan osonlik bilan voz kecha olmaydi.

O‘tish davri

Qirg‘iz hukumati o‘ngida turgan xavflarni anglab yetgan va shuning uchun Ittifoqqa qo‘shilish davrida imtiyozlarni talab qilmoqda.

"Bizga o‘tish davri kerak. Ana shu davrda soliqlarni bosqichma-bosqich ko‘tarib boramiz", deydi Iqtisod vaziri Temir Sariyev.

Qirg‘iziston, shuningdek, zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sanoatlar va ishlarini yo‘qotganlarga ko‘mak berish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilishini so‘ramoqda.

Qirg‘iziston bundan tashqari chegara-tekshiruv nuqtalarini jihozlash va Do‘rdoy kabi yirik bozorlarni "erkin savdo zonasi", deya e‘lon qilishda yordam berilishini istaydi.

Lekin o‘tgan yili dekabr oyidagi uchrashuvda Bojxona Ittifoqiga a‘zo davlatlar rahbarlari Qirg‘iziston hech qanday imtiyozlarga ega bo‘lmasligini aytgandilar.

Agarda ular Qirg‘iziston talablariga rozi bo‘lmasalar, "bu fojea bo‘ladi", deydi janob Sariyev.

Qirg‘iziston va Rossiya allaqachon Jahon Savdo Tashkilotiga a‘zolar. Qozog‘iston esa endi a‘zo bo‘lib kirmoqchi. Ana shu holat rasmiylarga soliqlar asta-sekin "yumshashi"ga umid tug‘dirmoqda.

Lekin soliq tariflarining o‘zgarshi nafaqat biznes doiralarini xavotirga solmoqda.

"Bojxona Ittifoqi bizning qonunchilikning o‘zgarishi, ba‘zi bitim va protokollarga imzo chekshimizni ham talab qilmoqda. Ittifoqda qonun-qoidalar anchayin qat‘iyroq. Sanitariya, veterenariya, texnik sohadagi talablar anchayin kuchli. Ba‘zi hollarda bu talablar sohani anchayin tashkillashtirilgan darjaga ko‘taradi, lekin boshqa hollarda biznes o‘sishi yo‘lida to‘siq bo‘lishi mumkin", deydi biznes tahlilchi Azamat Akeleyev.

Bundan tashqari Qirg‘iziston yangi labaratoriyalar tashkil etib, barcha mahsulotlar Bojxona Ittifoqi standartlariga mos kelishini ta‘minlash uchun takror-takror tekshiruvlardan o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

Ba‘zi bizneslar uchun bu jarayon o‘ta qimmatga tushishi mumkin.

Rossiyaga qaramlik

Tahlilchilar Qirg‘iziston Ittifoqqa a‘zo bo‘lib kirib, Rossiyaga yanada ko‘proq qaram bo‘lib qolishi mumkin demoqdalar.

Bishkek Biznes Klubi direktori Esen Jumanovning aytishicha, Rossiya enregiya sohasi kabi sohalarda bosim o‘tkazib, muayyan qarorlarni erishishga muvaffaq bo‘lishi mumkin.

Masalan kelajakda Rossiya Ukraina bilan kelishmovchilikka borib, yaqinda kuzatilganidek, deylik, qandolat mahsulotlarini taqiqlab qo‘ysa, Qirg‘iziston ham huddi shunday qilishga majbur bo‘ladi.

Markaziy Osiyo Amerika Universitetidan tahlilchi Medet Tulegenovning aytishicha, iqtisodiy jihatdan Qirg‘iziston Rossiya uchun qiziq emas.

"Bojxona Ittifoqiga mamlakatlarni jalb qilish Moskvaning ta‘sir doirasini kengaytirishni anglatadi", deydi Medet Tulegenov.

Lekin Iqtisod vaziri Rossiya Qirg‘izistonga bosim o‘tkazayotganligini rad etadi.

"Biz mustaqil davlatmiz va siyosatimizni o‘z manfaatlarmizdan kelib chiqib belgilaymiz", deydi Temir Sariyev.

Alal oqibat Qirg‘izistonning tanlovi cheklangan.

Ukraindagi kabi Bojxona Ittifoqiga qo‘shilish xabari keng noroziliklarni keltirib chiqargani yo‘q va Qirg‘izistonning Ovro‘po Ittifoqiga qo‘shilish imkoni ham yo‘q.

Rossiyadan yuz o‘girishning oqibatlari esa Bojxona Ittifoqiga qo‘shilish darajasida og‘riqli bo‘lishi mumkin.