Qirg‘izistonda Xitoy bilan chegaradagi hodisa o‘rganilmoqda

Qirg‘iziston parlamentining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi davlatning Xitoy va Tojikiston bilan chegaralaridagi vaziyatni yopiq eshik ortida muhokama qilmoqda.

Oliy Kengashning ushbu qo‘mitasi kun tartibidagi mazkur masalalarni qarab chiqishga o‘tishi bilan qo‘mita raisi Kanibek Imonaliyev ommaviy axborot vositalari xodimlaridan yig‘inlar xonasini tark etishni iltimos qilgan.

Davlat parlamenti qo‘mitasi bu masalalarni yaqinda Tojikiston va Xitoy bilan chegara chizig‘idagi otishmalar bilan kuzatilgan hodisalardan keyin o‘rganmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston shimolidagi Issiq-Ko‘l viloyati markazi Qorako‘l shahri morgiga qirg‘iz-xitoy chegarasiga tutash hududda chegarachilar tomonidan otib o‘ldirilgan 11 shaxs tanalari yetkazilgan va mahkama-tibbiy ekspertiza o‘tkazish boshlangan.

Mulozimlar ma‘lumotlariga muvofiq, mazkur jasadlar Qorako‘l shahriga borgan Xitoy elchixonasi vakillariga ko‘rsatilgan va u xodimlar tanalarni "uyg‘ur millatiga mansub shaxslar sifatida oldindan tasdiqlagan va balki Xitoy fuqarolari bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

"Tegishli rasmiy tadbirlardan keyin, o‘ldirilgan shaxslar jasadlari Xitoy tomoniga o‘tkazib beriladi va ular tanalarni butunlay tanib olgandan so‘ng qirg‘iz tomoniga jinoyatchilar xaqida ma‘lumot beradi", - deb aytiladi rasmiy bayonotda.

Issiq-Ko‘l viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati bildirishicha, hodisa joyida topilgan dalil- isbotlar viloyat markaziga yetkazilgan.

Kirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik davlat ko‘mitasi va Bosh prokuratura xodimlaridan iborat maxsus guruh mojaro tafsilotlariga bog‘liq tergov amaliyotlarini o‘tkazayapti.

Qorako‘l shahrida esa oldinroq qirg‘iz-xitoy chegarasiga tutash hududda noma‘lum shaxslar tomonidan o‘ldirilgan Issiq-Ko‘l viloyati ovchilar birlashmasi raisi Aleksandr Barikin jasadi harbiy odatlarga binoan dafn etilgan.

Prezident Almazbek Atamboyev o‘ziga tegishli Himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy jamg‘armasi hisobidan Aleksandr Barikin jasadini dafn etish uchun uning oilasiga 50 ming som miqdorda (1 ming AQSh dollar) yordam puli ajratgan.

Qirg‘iziston Chegara davlat xizmatiga ko‘ra, o‘tgan hafta oxirida Qirg‘iziston bilan Xitoy o‘rtasidagi chegara tomonidan Qirg‘iziston hududiga bostirib kirgan guruh chegarani buzgan joy aniqlangan. U baland tog‘li hududdagi Koychi dovonidir. Xuddi o‘sha joyda avvalroq yoqilgan gulxan izi topilgan.

Chegara mulozimlariga muvofiq, bu dalillar tik ucharlardan Issiq-Ko‘l viloyatidagi Oq-Shiyrak va Bedel chegara hududlarini o‘rgangan vaqtda topilgan. Mazkur joylar o‘rganilib, u yerlarda guruh koldirgan bironta nishonlar yo‘q ekanligi tasdiqlangach, harbiylar shu kabi izlarni qo‘shni Kaychi dovonidan sinchiklab qidirgan so‘ng, oldinroq o‘sha yerda isinish va ovqatlanish uchun noma‘lum shaxslar tomonidan yoqilgan gulxan joy kuzatilgan.

Qirg‘iziston va Xitoy davlatlararo chegarasida o‘tgan hafta oxirida sodir etilgan otishma borasida Prezident Almazbek Atamboyev Chegara davlat xizmatining muvaqqat raisi Rayimberdi Duyshonbiyev bilan suhbatlashgan.

- 23 yanvar kuni Issiq-Ko‘l viloyatida qirg‘iz-xitoy chegarasi buzilgan va Xitoy tomonidan bir guruh noma‘lum shaxslar Qirg‘izistonga bostirib kirib, Issiq-Ko‘l viloyati ovchilar jamg‘armasi raisi Aleksandr Barikinni o‘ldirishgan. Maxsus amaliyot o‘tkazib, mojaro joyiga yetib borgan chegarachilar guruh a‘zolariga taslim bo‘lishni taklif qilgan. Lekin ular chegarachilarning taklifini rad etgach, mazkur guruh otib o‘ldirilgan, - deb aytgan Qirg‘iziston Chegara xizmati raisi Rayimberdi Duyshonbiyev mojaro tafsilotlari haqida.