Muhammadqodir Abdullayev: "Katta yutuqqa erishdik"

Image copyright olympicboxing.uz

Dongdor bokschi o‘zbekistonlik yosh bokschilarning Taylandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida erishgan natijalariga ana shunday baho berdi:

"Albatta, bundan oldin olti nafar yosh bokschimiz final bosqichiga chiqmagan. Janglar nihoyatda chiroyli bo‘ldi. Biz buni o‘zimiz uchun katta natija, deb bilamiz", - deydi Muhammadqodir Abdullayev.

Suhbatdoshimiz Bangkokda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati o‘zbekistonlik yosh bokschilar uchun 2016 yilgi Yozgi Olimpiada O‘yinlari oldidan yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘tagani va Rio de-Janeyroda kamida ikki nafar bokschilarining finalga chiqishiga umid qilayotganlarini aytadi.

Taylanddagi qit‘a birinchiligida esa, Bektemir Melizqulov 69, Kozimbek Mardonov esa, 75 kilogacha bo‘lgan vazn toifasida Osiyo chempionlari bo‘lishdi.

2 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan o‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida Osiyo chempionatini ikkinchi o‘rin bilan yakunlashdi.

O‘zbekistonlik taniqli bokschi, Yozgi Olimpiada O‘yinlarining yagona oltin medali sovrindori, bir necha karra jahon chempioni Muhammadqodir Abdullayev bilan suhbatimizda batafsil tinglang:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi