Shvetsiyada yashayotgan O‘zbekiston muxolifat faoli Do‘stnazar Xudoynazarga savol bering

Image caption Do‘stnazar Xudoynazar o‘ziga nisbatan soxta ayblovlar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin O‘zbekistonni tark etgan

Do‘stnazar Xudoynazar 1962 yil 8 mayda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Fayziobod qishlog‘ida tug‘ilgan.

Qarshi kooperativ texnikumini tugatgan. Tadbirkorlik bilan shug‘ulangan.

Do‘stnazar Xudoynazar Qashqadaryo viloyat amaldorlari tomonidan o‘ziga nisbatan soxta ayblovlar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lganini aytadi.

Do‘stnazar Xudoynazar 2005 yildan muxolifat faoli. O‘zbekiston "Erk" demokratik partiyasi va O‘zbekiston Xalq harakati a‘zosi hisoblanadi.

Oilali. 2006 yilda Shvetsiyada siyosiy boshpana olgan.

Do‘stnazar Xudoynazar bir kun kelib albatta O‘zbekistonda demokratik tuzum qaror topadi, deb ishonadi, ko‘plar qatori o‘zi ham Vatanga qaytishiga umid qiladi.

Do‘stnazar Xudoynazarga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.