Jahon Banki O‘zbekistonga 40 million dollar o‘tkazdi

Image caption Fermerlar ekin maydonlariga nima ekishni o‘zlari hal qilmaydi

Jahon Banki O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermer tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 million dollar yordam o‘tkazishga kelishgan.

Jahon Banki matbuot xizmatiga ko‘ra, ajratilgan mablag‘lar qishloq xo‘jaligining moliyaviy va ekologik barqarorligini ta‘minlash, fermer xo‘jaliklarining mahsulot ishlab chiqarishini oshirishga qaratiladi.

"Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodining muhim qismi hisoblanadi, deydi Jahon Bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Suraj Kumar.- Qo‘shimcha mablag‘ asosan fermerlar yetishtirayotgan mahsulotlar turini ko‘paytirishni qo‘llab quvvatlaydi".

Jahon Banki ajratgan mablag‘ shuningdek qishloq xo‘jaligi texnikalarini, mahsulotlarni qayta ishlash, qadoqlash uchun vositalar sotib olish, bog‘dorchilik, parrandachilik, chorvachilikka yo‘naltirilishi aytilgan.

O‘zbekiston Jahon Banki bilan 1992 yildan buyon hamkorlik qiladi. Jahon Banki mamlakatda iqtisodiy islohotlar, infrastruktura va ijtimoiy sektorlarni rivojlantirishga yordam ko‘rsatib keladi.

Oldingi yillari Jahon Banki moliyaviy yordam loyihasi doirasida O‘zbekiston suv tizimini yaxshilash, xususan Farg‘ona vodiysida suv zahiralarini boshqarish, tuproqlarning zahini ketkazish va shu yo‘l bilan hosildorlikni oshirishga 60 million dollar o‘tkazgan edi.

O‘zbekiston hukumati fermerlardan asosan paxta va bug‘doyni talab qiladi.

Paxtaga va bug‘doy ekishga mo‘ljallangan fermer xo‘jaliklariga ekin maydonlarining asosiy qismi ajratilgan.

O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari davlatning qattiq nazorati ostida faoliyat yuritadi.

Shu boisdan, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazuvchi ko‘plab fermerlar qo‘shimcha yer berilmagani tufayli ishlarini tashlab, Rossiya va Qozog‘istonga ish izlab ketishga majbur bo‘lganlar.

Jahon banki va xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ajratilgan yordam ularga qanchalik yetib boradi?

Jahon banki O‘zbekistonga berayotgan mablag‘i chindan ham o‘z maqsadiga sarflanayotgani va ko‘zlangan yo‘nalishda aniq bir samara berayotganiga ishonch hosil qilish maqsadida bir muddat kredit berishni to‘xtatgan ham edi.

BBC o‘zbekistonlik sobiq fermer Ma‘murjon Azimovdan bunday yordamlardan fermer tashkilotlari manfaatdor bo‘ladimi? - deb so‘radi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi