Nazarboyev diplomatik qovun tushirdimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Prezident Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston nomidagi "iston" qo‘shimchasini olib tashlab, uni Qozoq Eli deb atashni taklif etishi ortidan xalqaro bahs-munozaralar ham yuzaga kelmoqda.

Janob Nazarboyev neft pullari ortidan ancha boyib qolgan mamlakatini endi aksar kambag‘allik, islomiy jangarilik va urushlar bilan birga tilga olinadigan qo‘shni "iston" davlatlari qatorida ko‘rishni istamayotgan ko‘rinadi.

Lekin xalqaro kuzatuvchilarga ko‘ra, Prezident Nazarboyev bu bilano‘z qo‘shnilari ko‘ngliga tegib, diplomatik qovun tushirib qo‘ydi.

Alal-oqibatda Qozog‘iston o‘z nomidan istonni olib tashlagani bilan yaqinidagi "qoloq istonlar"dan hech qayerga qochib keta olmaydi va birga qo‘shnichilik qilishga majbur.

Hukumat rahbarlari siyosiy maslahatchisi Professor Saymon Anholt BBC bilan videosuhbatda Qozog‘iston nomining o‘zgarishi dunyo uchun ham qimmatga tushishini, lekin "qand qog‘ozini o‘zgartirgan bilan uning ichidagi mahsulot sifati avvalgidek o‘zgarmay qolishini" bildirdi.