Matbuot erkinligi bo‘yicha O‘zbekiston yanada pastda

Image copyright Getty

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha 2014 yil e‘lon qilgan indeksda O‘zbekiston 166-o‘ringa qo‘yilgan.

Mintaqa davlatlaridan Qirg‘iziston 97, Tojikiston 115-o‘rinlarda kelgan.

Qozog‘iston esa, O‘zbekistondan sal yuqoriroqda 161-o‘rinda qayd qilingan. Ushbu reyting Olma ota shahrida 3 blogerning 10 kunga hibsga olinishi vaqtiga to‘g‘ri kelgan.

Turkmaniston esa, yana ro‘yxatning eng pastidan axborot erkinligi mavjud emas deya ko‘riladigan va jurnalistlar uchun jahannam sanaladigan davlatlar qatoriga loyiq ko‘rilgan.

"Chegara bilmac muxbirlar" tashkilotining 2014 yil e‘lon qilgan hisobotida dunyo bo‘ylab davom etayotgan ixtiloflar matbuot erkinligiga salbiy ta‘sir qilgani aytiladi.

Tashkilot tomonidan chop etilgan matbuot erkinligi bo‘yicha indeksda Finlandiya to‘rtinchi yildirki birinchi o‘rinda. Ikkinchi va uchinchilikda Xollandiya va Norvegiya keladi.

Eng so‘nggi qatorlarda yuqorida aytilganidek, yana Turkmaniston, Shimoliy Koreya va Eritreya qo‘yilgan.

Joriy yilgi indeksga o‘tgan yilgidan bitta ko‘p - 180 mamlakat kiritilgan.

O‘zbekiston Tojikistondan anchayin pastda

Mintaqa davlatlaridan yana biri Qirg‘iziston 97, Tojikiston 115-o‘rinlarda kelgan bir paytda O‘zbekiston ro‘yxatning anchayin pastida 166-o‘rinda qo‘yilgan. Qozog‘iston esa, undan sal yuqoriroqda 161-o‘rinda qayd qilingan.

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti O‘zbekistondagi matbuot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarishsiz qolayotgani haqida aytadi.

Qator jurnalistlar qamoqda qolayotgani, erkin fikrlovchilarga tazyiqlar davom etayotgani, internet nazorati yanada kuchaytirilgani ta‘kidlanadi.

Tashkilot kasbiy faoliyati tufayli qamalib, qiynoqlarga tutilgan jurnalistlarni ozod qilishga chaqirib keladi.

Muhammad Bekjon, Solijon Abdurahmonov, Dilmurod Sayyid, Xayrulla Hamidov kabi qator jurnalistlar erkin fikrga toqat qilmaydigan hukumat tomonidan soxta ayblovlar bilan uzoq yillarga qamalgan.

Bularning orasida "Erk" partiyasi a‘zolari Yusuf Ro‘zimurodov va Muhammad Bekjon qamalganiga 15 yil to‘ladi.

Ular 1999 yil avgustida Toshkent portlashlariga aloqadorlikda ayblanib, 8 va 15 yilga ozodlikdan mahrum etilganlar.

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti matbuot erkinligi bo‘yicha indeksini har yili chop etadi.

Ro‘yxat jurnalistlar, xabar agentliklari, interent va undan foydalanuvchi fuqarolar erkinligi darajasini aks ettiradi.

Mazkur hisobot qisman hamkor tashkilotlar, muxbirlar, tadqiqotchilar, hakamlar va inson huquqlari faollariga yo‘llagan so‘rovnomalar asoslanadi.

O‘zbekistonda matbuot qanday mavzularni yoritmoqda?

Ahvol shunchalar abgor ekan O‘zbekistonda matbuot qanday mavzularni yoritmoqda? Jurnalistlar qaysi sohalarga qo‘l ura olishadi-yu, qaysilariga yo‘q?

Biz ayni savol bilan jurnalist Bahodir Eliboyevga bog‘landik:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi