Ukraina inqirozi: Maydon Yanukovichning "Andijoni"mi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ukrainada bir necha oydan buyon davom etayotgan siyosiy inqiroz qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketgan.

O‘nlab insonlar halok bo‘lgan.

Hukumat va muxolifat qon to‘kilishida bir-birini ayblamoqda.

Qo‘shma Shtatlar haddan tashqari kuch ishlatishning oqibatlari haqida ogohlantirgan, Ovro‘po Ittifoqi esa Yanukovich hukumatiga qarshi jazo choralarini muhokama qilmoqda.

Xuddi 2005 yil 13 mayida Andijonda yuzlab namoyishchilarning o‘qqa tutilishidan keyin bo‘lgani kabi.

Kiyevdagi voqealar mintaqada qanday aks-sado bermoqda, Ukrainani oldinda nimalar kutayotir?

BBC AQShdan siyosatshunos Toshpo‘lat Yo‘ldoshev, Moskvadan huquq faoli Bahrom Hamroyev hamda Toshkentdan muxolifat faoli Dilorom Ishoqovalarni suhbatga tortgan.