"Hurriyat 2014": "Sho‘ro davrida erk haqida bemalol kuylaganman, hozir faqat uyimda..."

Image copyright none
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Hurriyat siz uchun nimani anglatadi?

Insonlar erkinlikni qanday tasavvur qiladilar?

BBCning "Hurriyat 2014" deb nomlangan turkum dasturlarida ana shu boradagi fikrlar o‘z aksini topadi.

Masalan, norozilikni ifodalash erkinligi... O‘zbekistonda bunday erkinlik haqida gapirish mumkinmi?

Taniqli hofiz va shoir Dadaxon Hasan o‘z noroziligini qo‘shiqlari bilan ifodalash usulini tanlagan.

1960-yillarda o‘zining lirik qo‘shiqlari bilan nom qozongan Dadaxon Hasan 80-yillar oxirida siyosiy qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan.

U milliy-ozodlik ruhidagi qo‘shiqlari uchun sho‘ro davrida ham ta‘qib etilgan.

Bugunda Dadaxon Hasanning qo‘shiqlarini televideniye va radio orqali berish ta‘qiqlangan.

U 2005 yilgi Andijon hodisalariga bag‘ishlab qo‘shiq kuylagani uchun mahkamaga ham tortilgan.

"Men sho‘ro davrida siyosiy qo‘shiqlarimni kontsertlarda, to‘ylarda ham bemalol kuylayverardim... Bugun buning imkoni yo‘q. Hozir faqat o‘z uyimda kuylayman", deydi hofiz.