"Maydon"dagi voqealar O‘zbekistonda ham takrorlanishi mumkinmi?

O‘zbekiston hukumati Ukrainadagi voqealarga hech qanday munosabat bildirmagan, matbuot esa sukut saqlamoqda.

Ammo bu odamlar Ukrainadagi voqealardan bexabar, deganini anglatmaydi albatta.

Ukraina va O‘zbekistondagi voqe‘likni solishtirgan "Uzmetronom" nashri Kiyevdagi voqealar O‘zbekistonda qaytarilishi imkonsiz, degan xulosaga kelgan.

Nashrga ko‘ra, buning asosiy sabablari O‘zbekistonda siyosiy muxolifatning yo‘qligi va o‘zbeklarning sabrli ekanidadir.

BBC o‘tgan oy Kiyevdagi Maydonni qo‘llab-quvvatlagani uchun ma‘muriy jazoga tortilgan taniqli fotograf Umida Ahmedovaning fikrlarini so‘radi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi