"Hurriyat 2014": "Inson zohiriy va botiniy noroziliklarini ifodalashning ming xil yo‘llari bor"

Image copyright none

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Hurriyat siz uchun nimani anglatadi?

Insonlar erkinlikni qanday tasavvur qiladilar?

BBCning "Hurriyat 2014" deb nomlangan turkum dasturlarida ana shu boradagi fikrlar o‘z aksini topadi.

Masalan, norozilikni ifodalash erkinligi... O‘zbekistonda bunday erkinlik haqida gapirish mumkinmi?

Salomat Vafo mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy muammolarni o‘z asarlarida ko‘targani bois asarlari chop etilmayotgan yozuvchi.

"Bizning noshrlarimiz, gazeta-jurnallarimiz tomonidan juda ham katta to‘siq qo‘yilmagan mana shunday noroziliklarni ko‘rsatish uchun. Bilasiz, insonning zohiriy va botiniy noroziliklarini ko‘rsatishning ming xil yo‘llari bor. Ammo, bugungi ijodkorlar asarlarini tezroq chop ettirish ma‘nosida o‘zlari-o‘zlariga tsenzor bo‘lib qolishgan. Nima yozsa chiqadi, nima yozsa chiqmaydi, buni ular yaxshi bilishadi. Asarni chop qilish uchun unda o‘sha jamiyatning g‘oyalariga, jamiyatning manfaatiga qarshi narsalar yozilmasligi kerak. Agar yozilsa, chop qilinmasligi yoki o‘zgartirilishi mumkin... Bu o‘zimning boshimdan o‘tgan", deydi Salomat Vafo.

"Men yana aytmoqchiman, O‘zbekistonda bunaqa asarlar yo‘q, deb bo‘lmaydi..."