Markaziy Osiyo rahbarlarini Ukrainadagi hodisalar o‘ylantirmoqdami?

Markaziy Osiyo davlatlari orasida hozircha faqatgina Qozog‘iston u ham bo‘lsa o‘ta mo‘‘tadil ravishda Ukrainadagi xavotirli hodisalarga o‘z munosabatini bildirgan.

Qozog‘iston Tashqi Ishlar vazirligi Rossiya va Ukrainani muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.

Lekin qolgan davlatlar rahbarlariyu Tashqi ishlar vazirliklari jim? Nima uchun? Ularning sukuti nimani anglatadi?

Tahlilchi Anvar Nazirovga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Rossiya qopqoniga tushib qolganlar.

Ular mamlakat kelajagini Rossiya aralashuvisiz tasavvur qila olishmaydi.

Shu boisdan o‘z respublikalarida "Maydon"dagi kabi hodisalar bo‘lishidan qo‘rqib, iloji boricha odamlarni dunyo xabarlaridan ihotalashga harakat qilmoqda.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi