Vikinglar nima uchun Samarqandga borganlar?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Britaniya muzeyida 10-asrda ko‘milgan Vikinglar xazinasi ko‘rgazmaga qo‘yilmoqda. Xazina tarkibida Samarqandda bosilgan tangalar ham bor.

Asosan kemalarda safar qilgan vikinglar dengizdan yiroq Samarqandga qanday yetib borishgan bo‘lishi mumkin? Ko‘rgazma muallifi Garet Villyams ular daryolar tugagach, g‘ildiraklarda kemalarini sudrab borishganini aytadi. Ularning bugungi Ozarbayjon yerlariga hamla qilib, Kaspiy bo‘yidagi Barda shahrini oylab talaganlari tarixda bor. Ammo Buyuk Samarqand ular uchun savdo uchun kerak edi.

"Savdo jihati juda muhim. Vikinglar shimoldan mo‘yna, qahrabo, asal, lochinlar va qullarni olib borishgan, sharqdan esa kumush, billur, shisha munchoqlar, ipak olib ketishgan. Shunday ekan vikinglar sharqqa yurishining asosiy sababi savdo bo‘lgan. Bugungi O‘zbekiston zaminida ular Buyuk Ipak Yo‘li orqali Yaqin Sharq va Xitoy bilan aloqaga kirganlar", - deydi janob Villyams.