O‘zbekistonda muxolifatning ikki faoli uzoq yilga qamaldi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright none

Toshkentning Shayhontohur tuman mahkamasi muxolifatdagi Erk partiyasi va O‘zbekiston xalq harakatining ikki nafar faolini uzoq yilik qamoq jazolariga mahkum etgan.

Faxriddin Tillayev va Nuraddin Jumaniyozovlar O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining odam savdosi bandi bo‘yicha aybdor, deb topilib, o‘n yilu sakkiz oylik qamoq jazolariga mahkum etilganlar.

Har ikki faol o‘tgan yil noyabrida Toshkentda Erk partiyasining qurultoyini o‘tkazish urinish ortidan hibsga olingan.

Image caption Nuraddin Jumaniyozov eng huquqsiz qatlam mardikorlarning huquqlari uchun kurashib kelgan

Ular O‘zbekiston ichkarisidagi ochiq faoliyatlari va O‘zbekiston xalq harakati nashridagi tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan edilar.

BBC biroz avval nihoyasiga yetgan mahkama jarayoni haqida uni yaqindan kuzatgan Erk partiyasi bosh kotibi Otanazar Oripov bilan suhbatlashdi.