Yuzlab uyg‘ur nega oilasini olib Xitoydan qochgan?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Tayland dalalarida topilgan 220 nafar uyg‘urning kimlar ekanligi va nega bu yerga butun boshli oilalari bilan qochib kelishgani hamon mavhum.

Inson huquqlari faollariga ko‘ra, ular Xitoydagi so‘nggi zo‘ravonliklar manzarasida o‘z e‘tiqodlari bois Pekin zug‘umi va ta‘qibiga uchragan uyg‘urlar bo‘lishi mumkin.

Hozir Tayland hukumatidan bu insonlarni Xitoyga topshirmaslik so‘ralmoqda.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, uyg‘urlar Xitoy janubi orqali Taylandga o‘tishgan. Keyin Malayziyaga borib, u yerdan Turkiyaga ketmoqchi bo‘lishgan. Uyg‘urlarning oxirgi umidi Turkiyadan boshpana so‘rash bo‘lgani aytilayotir.

So‘nggi yillari Xitoyga qo‘shni ko‘plab davlatlar siyosiy sabablar bois qochib kelgan uyg‘urlarni ushlab, Pekin qo‘liga topshirishmoqda.

Uyg‘ur faollari va xalqaro tashkilotlarga ko‘ra, Xitoy topshirilgan odamlarning ko‘pini uzoq yillik qamoq jazosi va yo o‘limga hukm etmoqda.