Hurlik mening nazarimda...

Dunyo nazarida hurlik nimani anglatadi? Insonlar erkinlikni qanday tasavvur qiladilar? BBC "Hurriyat 2014" deb nomlangan turkum dasturlarida mana shu savollarga javob izladi.

Mushtariylar va tinglovchilardan esa, 1, 000dan ortiq javob oldik. Turli davra suhbatlari, audio, video va fotolavhalar uyushtirildi. BBC muxlislari hibs, jonivorlar hayoti, muhojirlik, sevish-sevilish, norozilikni ifoda etish, hatto harakatlanish erkinligi misolida hurlik haqidagi o‘z qarashlari bayon qildilar. Quyidan ulardan namunalar:

Italiyaning Lekko shahri yaqinidagi tog‘da chopayotgan ot suratini 20 yoshli Sesilia Fatone yo‘llagan. "Har kim hurlikni o‘zicha tushunadi. Birov toqqa chiqishni, boshqalar suv ustida ozod-erkin suzishni, yana birovlar balandlikdan sakrashni hurlik deb o‘ylaydilar".

20 yoshli tibbiyot talabasi Rizmi Tohir mana bu suratni Pokistonning Karachi shahrida joylashgan Shifo kasalxonasida olgan. U o‘z ishini sevsa-da, o‘ta band ekanini, kunining eng quvonchli daqiqasi uyga ketayotgan payti ekanini aytadi.

Pokistonlik Inzmam Javed: Dunyo taraqqiy etmoqda, mening vatanim Pokiston ortga ketishni tanlagan. Men uchun hurrriyat - yashash usuli", deydi.

Britaniyalik Kayli Keogan: "Cho‘cha tuxumdan chiqar ekan, puchoqni ortga qoldiradi va o‘z hayotini davom ettirishga urinadi", deydi.

Shimoliy Karolinadan 16 yoshli Kornet Kuk nazarida erkinlik imkonsiz ishni amalga oshira bilishdir: "O‘yinchoq kemacha ko‘prikni kesib o‘ta olarkan, har birimiz har qanday ishni qilishimiz mumkin. Va erkinlik mana shudir".

Islomoboddan Faruq Aziz: "Havoda hech qanday qo‘rquvsiz, faqat otasining qo‘llariga ishonchi bilan turgan go‘dak hurlik ramzidir", deydi.

Varshavadan 23 yoshli Sonti Ramirez nazarida: "Ko‘cha devoridagi grafiti kommunistlardan keyingi davrni, hayotga ozod qarashni mukammal ifoda etadi".

"Aksarimiz o‘limdan qo‘rquv qulimiz", deydi Britaniyalik Ashla Tomas.

Kombodjadan Tim Kols: "Qush ozod, mahbuslar aksincha", deya fikr bildiradi.

Rut Kalvo Tello, 31 yosh. Birmadan mana suratni yo‘llarkan: "Birma uchun kelajak yorug‘. Ozodlik shundoq ostonada", deydi.

Negiriyalik 39 yoshli Ihas Idriess nazarida esa, erkinlik o‘g‘li Abdulrahmonni quchog‘iga olishdir. "Bu-kunning tashvishlaridan xalos bo‘lish", deydi u.

"Men ozodman, ammo hurlik mana bu bino ichkarisidagi mahbuslar uchun tushdir", deydi Polshadan surat yo‘llagan 41 yoshli Arkadiush Zyala.