BBC mehmoni - qrimlik jurnalist Lenur Yunusovga savol bering

Lenur Yunusov 1972 yilda O‘zbekistonning Jizzax viloyatida Qrim Tatarlari oilasida tug‘ilgan.

O‘rta maktabni tamomlaganidan keyin 1988 yil Toshkent Davlat Universitetining (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti) Jurnalistik fakultetiga o‘qishga kirgan.

1980 yillarning oxirgi yillarida Gorbachyovning oshkoralik siyosati 1944 yilda vatanlaridan surgun qilingan Qrim Tatarlarini ham ruhlantirdi va ular o‘zlarining tarixiy vatani Qrim yarim oroliga qaytishni boshladilar.

1993 yilda universitetdagi tahsilini tugatgan Lenur ham oilasi bilan tarixiy vataniga qaytishga qaror qilgan.

U jurnalistik faoliyat yuritish bilan birga turli xalqaro tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlari uyushtirgan o‘quv mashg‘ulotlarida jurnalistikadan saboq bergan.

Lenur Yunusov uylangan, ikki farzandning otasi.

BBC mehmoni Lenur Yunusovga savollaringizni ushbu sahifaning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.