General Do‘stum Afg‘onistonda ikkinchi qudratli shaxsga aylanishi mumkin

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Afg‘oniston xalqi yangi prezidentni saylash uchun chog‘lanarkan, eng oliy amal uchun kurashayotgan nomzodlardan biri Ashraf G‘aniy aksar o‘zbeklar yetakchisi General Abdulrashid Do‘stumni o‘zining bo‘lajak vitse prezidenti sifatida tanladi.

General Do‘stumning qo‘llovi har qanday nomzod uchun o‘ta muhim. Chunki mamlakatdagi ko‘pchilik o‘zbeklar va turkmanlar General Do‘stum dastaklagan nomzodga ovoz berishlari ehtimoli katta.

Ayrim kuzatuvchilarga ko‘ra, qudratli qo‘mondonlar ortidan ergashadigan saylovchilar guruh-guruh bo‘lib ovoz berishlari mumkinligini nomzodlar yaxshi tushunishadi.

Biroq bunga muxolif fikrlarga binoan, o‘zbeklar orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan Abdulrashid Do‘stum kabi shaxs vitse prezident bo‘lsa, bu o‘zgarish afg‘on o‘zbeklari hayotida, mintaqalari taraqqiyotida va ularning jamiyatdagi siyosiy mavqelariga ijobiy ta‘sir etadi.