Qozonda musulmoncha ishonch telefoni faoliyat boshlaydi

Image caption Ishonch telefoni mehnat muhojirlari uchun yordam berishni ko‘zlaydi

Rossiya Diniy idorasiga ko‘ra, 4 apreldan boshlab Qozonda birinchi bor musulmoncha ishonch telefoni faoliyatini boshlaydi.

Ishonch telefoni orqali odamlar ruhiy va yuridik yordam olishlari aytilmoqda.

Telefon qo‘ng‘iroqlariga musulmon ruhshunos, shariat va dunyoviy masalalar bo‘yicha ekspertlar javob berishadi.

Mutaxassislar bilan rus va tatar tillarida muloqot qilish mumkin bo‘ladi.

Kelajakda ushbu loyiha bo‘yicha Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlariga tojik va o‘zbek tillarida javob beradigan mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Rossiya Diniy qo‘mita matbuot xizmati aytishicha, ishonch telefoni tashkil qilishdan maqsad jamiyatdagi ijtimoiy taranglikni bartaraf etish, aholiga islom va diniy qadriyatlar haqida to‘g‘ri ma‘lumot berish, shuningdek muhojirlarning yangi joyga moslashishlariga ko‘maklashish kabi maslahatlarni nazarda tutadi.

Ayni paytda ishonch telefonlari nafaqat musulmonlarga, balki islom va musulmonlar haqida kengroq ma‘lumot olishni xohlagan boshqa kishilarga ham xizmat ko‘rsatadi.

Keyinchalik savollarni internet ijtimoiy tarmoqlari orqali berish imkoni yaratiladi.