Karimov prezident ekan, yangi qonunlar qabul qilishdan jamiyatga biron naf bormi?

Image copyright AFP Getty
Image caption Nursulton Nazarboyev va Islom Karimov 23 yildan buyon prezidentlik lavozimida

O‘zbekiston parlamentidagi yetakchi siyosiy partiya bo‘lgan liberal demokratlar partiyasi konstitutsiyaga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlarni himoya qilgan.

O‘zlidep matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytilishicha, o‘zgartirishlar demokratik jarayonlarni sifat jihatdan yuqori bosqichga ko‘taradi.

O‘tgan hafta parlamentning quyi palatasi Prezidentning ayrim vakolatlarini bosh vazirga berishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qilgan edi.

Bu 2011 yildan buyon konstitutsiyaning davlat boshqaruviga oid bandlariga kiritilayotgan uchinchi o‘zgarish.

Ammo 76 yoshli Prezident Islom Karimov amalda hanuz cheksiz vakolatlar bilan davlatni boshqarishda davom etmoqda.

Shunday ekan, yangi qonunlar qabul qilishdan davlat va jamiyatga biron naf bormi? Toshkentlik mustaqil huquqshunos Ruhiddin Komilov shu haqda gapiradi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi