Hindistonda dunyo tarixidagi eng yirik parlament saylovlari boshlandi

Image copyright AP

Keng miqyosli Parlament saylovlari Hindistonning turli mintaqalarida navbati bilan o‘tkaziladi va mayning o‘rtalarigacha davom etadi.

Saylovlarda asosiy raqiblar boshqaruvdagi Hindiston milliy kongressi va muxolifatning yirik "Bxaratiya djanata parti" harakati hisoblanadi.

Saylovlar mamlakatda iqtisodiy pasayish va korruptsiyaning kuchayishi manzarasida bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘p siyosiy kuchlar aynan korruptsiya vositasida saylovoldi kampaniyalarini qurishgani aytiladi.

Ovoz berishlar dushanba kuni Assam va Tripur shtatlarida boshlanadi va 12 mayda Bixar, Uttar Pradesh va G‘arbiy Bengaliyada yakunlanadi.

Saylovlarda jami 800 million dan ortiq kishi qatnashishi mumkin. Saylov natijalari may o‘rtalarida e‘lon qilinadi.

Ijtimoiy so‘rovlarga qaraganda, ikki yirik partiyadan tashqari "Aam Aadmi Parti" ("Oddiy inson partiyasi") ham ko‘p ovoz to‘plashi mumkin.

"Oddiy inson partiyasi" rahbari, oldin Dehlining bosh vaziri bo‘lgan Arvind Kejrival oddiy odamlarning muammolari va korruptsiyaga qarshi kurashishga va‘da bermoqda.

Kurashda yana ko‘plab mayda partiyalar ishtirok etishyapti. Biror partiya saylovda to‘liq g‘alabaga erisholmasa, mayda partiyalarning koalitsiya tuzishda ishtiroki hal qiluvchi ahamiyat kasb etib qoladi.

Hukumatni mustaqil tuzish uchun partiyalar 272 o‘rinni egallashlari kerak bo‘ladi.

Saylovlar oldi mamlakatda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx parlament saylovlaridan so‘ng lavozimini tark etishini bildirgan.

Hindiston milliy kongressi saylov kampaniyasini Gandilarning siyosatdagi oxirgi vakili Raxul Gandi boshqarmoqda.

Kongress million ishchi o‘rni va iqtisodni rivojlantirishga va‘da bermoqda.

Muxolif partiya vakili Narendra Modining 2002 yilda musulmon va hindular to‘qnashuvida minglab odamlar o‘lgan Gujarat shtatida obro‘yi baland.

Shuningdek, partiya rahbarlari hamma uchun teng sog‘liqni saqlash xizmatini joriy etishni aytmoqdalar.

Saylovchilar birinchi marta barcha nomzodlarga qarshi ovoz berishlari ham mumkin.

Shuningdek ular internet orqali ham ovoz berish imkoniga egalar.