Pokiston: 9 oylik go‘dak qotillikni rejalashda ayblanmoqda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Pokiston mahkamasi 9 oylik bolani qotillikni rejalash, politsiyaga tahdid qilish va davlat ishlariga aralashganlikda ayblanmoqda.

Matbuot xabariga ko‘ra, Muhammad Muso Xon Lahor shahrida politsiyaning gaz o‘g‘rilarini tutishga qaratilgan amaliyotlari ortidan ayblovlarga yuz tutayotgan 30 kishidan biridir.

Politsiyaning aytishicha, gumondorlar xavfsizlik zobitlarini toshbo‘ron qilib o‘ldirishga urinishgan.

Ammo, Hindiston nashrlaridan biri bolaning otasidan iqtibos keltirishicha, guruh elektr tanqisligiga qarshi norozilik bildirayotgan bo‘lgan.

Go‘dak mahkama zalida otasining qo‘ynida qo‘lida sut butilkasini ushlagan holatda ko‘ringan.

Lahordan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, u garov puli evaziga ozod qilingan va ishni ko‘rib chiqish 12 aprelga qadar qoldirilgan.

Ayblanayotganlar orasida Muhammad Muso Xonning otasi ham bor.

Go‘dakka qarshi qotillik ayblovlari Panjob Bosh vaziri Muhammad Shahboz Sharifning e‘tiborini tortgan.

U viloyat politsiya xizmati bosh nazoratchisidan masalaga oydinlik kiritishni va ishni ochgan rasmiylarga qarshi "jiddiy chora" ko‘rishni talab qilgan.

Oqibatda, xabar qilinishicha, ayblovlarni hujjatlashtirgan politsiya zobiti yordamchisi ishdan olingan.