Qadimiy chinni piyola rekord narxda sotildi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Minglar sulolasiga tegishli kichkina piyola Hong Kongdagi kimoshdi savdosida yangi rekord narxda - 36 million Amerika dollariga sotildi.

Xo‘roz va tovuq suratlari bilan bezatilgan piyolacha Shanxaylik kollektsioner tarafidan sotib olindi.

Diametri 8 santimetr bo‘lgan ushbu piyola 500 yil muqaddam - Chin hoqoni Chengxua (1465 yildan 1487 yilgacha hukmronlik qilgan) davrida ishlangan.

Uni sotib olgan Liu Yiqian Xitoydagi 200chi badavlat odam hisoblanadi. Piyola janob Liuning Shanxaydagi muzeyidan joy oladigan ko‘rinadi. Muzey 2012 yil tadbirkorning rafiqasi tarafidan ochilgan.

Sotheby kimoshdi savdo uyiga ko‘ra, Xitoy chinnisi uchun oldingi rekord narx 2010 yil, qimmatbaho vaza 32 million dollardan ortiqroqqa sotilgan payti o‘rnatilgandi.

Kimoshdi savdo uyiga ko‘ra, bunday piyolalar soni bor-yo‘g‘i 17tadir. To‘rttasi xususiy qo‘llarda, qolgani muzeylarda saqlanadi.