Rossiyadagi mehnat muhojirlarida qurolli kuchlar safiga qo‘shilish istagi bormi?

Rossiyadagi mir24.tv websahifasining xabar berishicha, Rossiya muhojirlar federatsiyasi rahbari muhammad Amin sobiq Ittifoq fuqarolari mamlakat chegarlarini himoya qilish maqsadida Rossiya qurolli kuchlari safiga qo‘shilishga tayyorlar, deya bildirgan.

Muhammda Aminga ko‘ra, muhojirlar oxirgi vaqtdagi hodisalarni shunchaki kuzatib tura olmaydilar.

Taxmin qilinishicha, Rossiyaning Ukrainadagi oxirgi amallari ortidan G‘arb bilan o‘rtada yuzaga kelgan tanglikni nazarda tutib gapirgan janob Amin, "G‘arbning xalqaro hamjamiyatga tajovuzkorona bosimiga qarshi turish uchun Rossiya hududida yashovchi hamma xalqlarning birlashish vaqti kelgan"ligini bildirgan.

Biz Ukraina bilan bog‘liq hodisalarni Rossiyadagi Markaziy Osiyolik muhojirlar qanday kuzatayotganlari va Migratsiya Federatsiyasi rahbari so‘zlariga munosabatni bilan uchun ulardan biri bilan suhbatlashdik.

Moskvadagi sartaroshxonalardan birida ishlovchi mehnat muhojirining BBC bilan suhbatda aytishicha, uning o‘zi va ko‘plab vatandoshlari har qanday insonparvarlik yordami berish uchun tayyorlar, lekin qo‘lga qurol olish g‘oyasi ular uchun yotdir.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi