Yamanda O‘zbekiston fuqarosi olib qochilgan

Image copyright Reuters

Sanadagi Rossiya Federatsiyasi elchixonasining ma‘lum qilishicha, Yamanda ishlayotgan O‘zbekistonlik shifokor noma‘lum shaxslar tmonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Elchixona rasmiysining BBC bilan suhbatda aytishicha, mamlakat shimolidagi Ma‘rib shahridagi shifoxonada ishlovchi shifokor 14 aprel kuni tushda o‘g‘irlab ketilgan.

Elchixona matbuot kotibi Timofey Bokovga ko‘ra, o‘g‘irlab ketilgan shaxsning icmi ularga faqatgina Yaman matbuoti orqali ma‘lum.

Bundan tashqari o‘g‘irlangan shifokorning hozirda qayerda ekanligi yo-da bu amal ortida kimlar turganligi haqida hozircha hech qanday ma‘lumot yo‘q.

Yamandagi ba‘zi sobiq Ittifoq respublikalari fuqorlari uchun ham masu‘l bo‘lgan Rossiya elchixonasining ma‘lum qilishicha, hozirda o‘g‘irlangan shaxsning qayerda ekanligi va uni qutqarish uchun choralar ko‘rilishi yo‘lida harakatlar olib borilmoqda.

Yamanda tovon talab qilish, yoki qamjqqa tashlangan ba‘zi guruh a‘zolarinb alishtirib olish maqsadida xorijiy fuqarolarni olib qochish tez-tez ro‘y berib turadi.

2001 yili AQSh boshchiligidagi xalqaro kuchlar "Al-Qoida" tashkilotiga qarshi Afg‘onistonda keng miqyosli amaliyotlarni boshlaganidan so‘ng guruh Yaman va Somali kabi mamlakatlarda o‘z faoliyatini kuchaytirganligi kuzatilgandi.

Yamanda ishlayotgan Markaziy Osiyolik shifokorga ko‘ra, mamlakatda mingga yaqin o‘zbekistonlik mutaxassis ishlaydi.

Ular Yamanga asosan Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi va Rossiyadagi xususiy shirkatlar orqali tuzilgan kontraktlar asosida kelishadi.

Ular ham davlat qaramog‘i ostidagi va ham xususiy shifoxonalarda ishlashadi.

O‘rtadagi vositachi ishga yollovchi shirkatlar bilan esa ko‘pda Internet orqali bog‘laniladi.