O‘zbekiston prezidenti ba‘zi vakolatlarini bosh vazirga topshirdi

Image copyright Reuters
Image caption 2011 yildan beri O‘zbekistonda bosh vazir vakolatlarini kengaytirish tendentsiyasi amalga oshirilayotgan bo‘lsada, Prezident Karimovning ruxsatisiz siyosiy qarorlar qabul qilinmaydi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov prezident, bosh vazir va parlamentning vakolatlari bo‘yicha konstitutsiyaga o‘zgartirish kirituvchi qonunni tasdiqlagan. Bu haqida O‘zbekiston hukumatining "Xalq so‘zi" gazetasi xabar tarqatdi.

Qonunga ko‘ra, prezidentning ba‘zi vakolatlari bosh vazirga o‘tadi. Xususan, prezident endilikda bosh vazirning taklifi bilan vazirliklar va davlat qo‘mitalarini barpo etishi va tarqatib yuborishi mumkin.

O‘zgartirilgan 98-moddada aytilishicha, bosh vazir parlamentning quyi palatasida aksar o‘rinlarga ega partiya yoki o‘rinlarning kamida yarmiga ega bo‘lgan qator partiyalar tomonidan tayinlanadi.

Bugundan boshlab parlament bosh vazirga qarshi ishonchsizlik ovozini berishi mumkin. U taqdirda, prezident butun Vazirlar Mahkamasini tarqatib yuboradi.

78-modda Vazirlar Mahkamasining faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘lidagi parlament palatalarining rollari va vakolatlarini kengaytiradi.

Unga binoan, nomzodi ilgari surilgan bosh vazir parlamentda o‘z nomzodligi muhokama qilinayotgan vaqtda Vazirlar Kengashining qisqa va uzoq muddatli dasturi amallarini parlamentga taqdim qilishi kerak.

Undan tashqari, hukumat mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodi vaziyat haqida har yili parlamentga hisobot topshirishi kerak.

Parlament vakolatlariga endi, shuningdek, prezidentlik saylovlari, parlament saylovlari va milliy referendumlarni tashkillashtiruvchi markaziy saylov komissiyasini barpo etish vazifasi kiradi.

Your contact details
Disclaimer