"Anvarmirzo.som" nomli yangi ma‘rifiy sayt ochildi

"Anvarmirzo.com" caytiga jurnalist va huquqshunos Anvarmirzo Husainov, taniqli o‘zbek shoirlari Jamol Kamol va Sobit Madaliyevlar tomonidan asos solindi.

Web sayt o‘zbek va rus tillarida, keyinchalik ingliz tilida ham faoliyat yuritishi rejalangan.

Anvarmirzo Husainovning aytishicha, saytning asosiy maqsadlaridan biri mukammal tarjima orqali muqaddas Qur‘oni Karimning ma‘no va mazmunini har bir o‘quvchi ongiga yetkazish, Qur‘oni Karimga nisbatan ularning qalbida muhabbat olovini yoqishga hissa qo‘shish.

Qur‘onning mazmuni va unga izohlar shariat, tariqat va ma‘rifat nuqtai nazaridan tafsirlar va buyuk so‘fiylar fikr-qarashlari bilan uyg‘unlashtirilgan holda beriladi.

Shuningdek, mumtoz va zamonaviy so‘fiy adabiyoti namunalari bilan o‘quvchilarni tanishtirib borish ko‘zda tutiladi.

Sayt asoschilariga ko‘ra, unutilgan qahramonlar va ularning xotirasini abadiylashtirishga nisbatan tarixiy adolat qaror topishiga erishish ham muhim vazifalardan biridir.

Ikkinchi Jahon urushida erishilgan ulkan g‘alabaga front orqasida turib hissa qo‘shgan Toshkentga qahramon shahar nomi berilmagani xatosi tuzatilishi kerakligini aytadi.

Ayni paytda "Anvarmirzo.som"da Qur‘oni Karimni tushunish yo‘lida dastlabki mulohazalar, Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiy ijodiga bir nazar bilan tanishish mumkin.