Slavyanskdagi to‘qnashuvlarda qurbonlar bor

Image copyright AFP

Ukraina Ichki Ishlar vazirligiga ko‘ra, aksilterror amaliyotlar davomida Donetsk viloyatining Slavyansk shahrida uch blokpost noqonuniy qurolli guruhdan tozalangan.

Qurolli to‘qnashuv payti beshtagacha qurolli shaxs o‘ldirilgan. Ukraina tomonidan 1 kishi yaralangani aytiladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin "Kiyev hukumati mamlakat ichkarisida aholiga nisbatan armiyani ishlatar ekan, bu insoniyatga qarshi jinoyatdir" deb aytgan.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina sharqidagi hodisalar Rossiya hukumati qrimliklarga ko‘mak berib, to‘g‘ri yo‘l tutganini ko‘rsatadi.

Rossiya prezidenti shuningdek, Ukraina hukumatining bunday harakatlari javobsiz qolmasligidan ogohlantirgan.