Kim Chen In va uning atrofida tinmay yozayotgan mulozimlar

Image copyright Getty

Shimoliy Koreyaning axborot agentligi Kim Chen Inning davlat korxonalariga rasmiy safari payti tushirilgan bir qancha suratlarini e‘lon qilgan.

Ulardan birida Shimoliy Koreyaning yosh rahbari raketa qismlari ustida mashg‘ul ayollar guruhining ishini kuzatyapti.

Boshqasida Kim Chen In baliq ishlab chiqarish xo‘jaligida aylanib yurgani aks etgan.

Yana bir fotosuratda Kim Chen In yosh uchuvchiga nimalarnidir o‘rgatmoqda.

Yoshlar stadionida u ta‘mirlash qanday o‘tganini tekshirmoqda.

Shunisi qiziqki, hamma suratlarda harbiy va fuqarolik kiyimidagi kishilar yosh dohiyning orqasi yoki atrofida turib tinmay nimalarnidir yozib turgani kuzatiladi.

Kim bu odamlar va qo‘llaridagi bloknotlariga nimalarni yozayotgan ekanlar?

Ular jurnalistlar emas albatta, harbiy yoki siyosiy mulozimlar,- deb aytadi Sheffild universitetining Koreya bo‘yicha tahlilchisi professor Jeyms Greyson.- Bu odamlarning harakati yosh rahbarning bilimdonligi, donoligi va g‘amxo‘rligini ko‘rsatadi, deb aytadi Greyson.

Image copyright Getty
Image caption Kim Chen In uchuvchiga parvoz oldi maslahat bermoqda

"Bu bag‘rikenglik bilan ko‘rsatmalar berayotgan buyuk rahbarning imiji", - deydi professor Greyson.

Va qanday maslahatlar berar ekan Kim Chen In? Agar u bobosi Kim Ir Sen ortidan borayotgan bo‘lsa, u juda foydali maslahatlar berayotgan bo‘lishi kerak.

Image copyright Getty
Image caption Kim Chen Ir ham uning har bir so‘zini yozib borishlarini yaxshi ko‘rgan

1976 yil Kim Ir Senning baliqchilik xo‘jaligiga safaridan so‘ng Koreya davlat axborot agentligi shunday yozadi: "Yuk mashinasining ishlashini kuzatgan rais, uning kuzovi mashinaning bunday katta dvigateli uchun juda kichkinaligini angladi. Rahbar muammoni kuzovning hajmini oshirish bilan yechish mumkinligini maslahat berdi. Uning so‘zlaridan so‘ng, yuk mashinasi kuzovining hajmi 800 kgdan 1 tonnagacha oshirildi. Natijada avval 50 mashina yuk tashilgan bo‘lsa, hozir 20 tacha yuk olib boriladi xolos.

Image copyright Getty
Image caption Dohiyoning hamma hangomalari tarixda yozib qoldirilishi kerak

Shimoliy Koreyada ayni paytda planshetli kompyuterlar bo‘lishiga qaramay, harbiylar va amaldorlar o‘zlari bilan qog‘oz bloknotlar ko‘tarib yurishni ma‘qul ko‘radilar va hamma yoqda yosh rahbarning har bir so‘zini yozib olishga intiladilar.

Keyin bu kadrlar televideniyeda ko‘rsatiladi, suratlar gazeta-jurnallarda bosiladi. Kim Chen Inga hamrohlik qiladiganlar uning har bir so‘zini ilib olayotganlarini odamlar ko‘rishini xohlaydi.

Kim Ir Senning o‘limidan so‘ng uning o‘g‘li Kim Chen Ir an‘analarni davom ettirdi.

"Buning hammasi qanchalik kulguli bo‘lmasin, Kim Chen Inning keng bilim va salohiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun qilinadi. Albatta u hamma sohada ekspert bo‘lishi mumkin emasku", deydi professor Jeyms Greyson.

Image copyright Getty
Image caption Yangi baliqchilik korxonasini ishga tushirish oldi dohiy oxirgi maslahatlarni berdi

Nottingem universiteti professori Stiv Sangga ko‘ra, amaldorlar haqiqatdan astoydil yozishmalar olib borishadi. "Ular o‘zlaricha nimalarnidir, siyosiy noto‘g‘ri gaplarni yozishlari mumkin emas. Aks holda bu yozuvlar ularning o‘zlariga qarshi ishlashi mumkin".

Uning aytishicha, bu yozuvlar odatda e‘lon qilinmaydi va ularni ochiq ravishda hech qayerdan olish mumkin emas. Agar bu yozuvlardan nimadir sizib chiqadigan bo‘lsa, bu targ‘ibot bo‘limi yo‘nalishida amalga oshiriladi. Va u paytda bu In tomonidan aytilganmi yoki yo‘qligi muhim emas.

"Hech kim aytilgan so‘z haqida bahslashishga jur‘at qilolmaydi. Agar siz zavodda bo‘lib, rahbarning har bir so‘zini yozib oldingizda, keyin ular targ‘ibot bo‘limi tomonidan chiqarilgan so‘zga umuman to‘g‘ri kelmasachi, unda siz nima qilasiz?" - deb xavotirlanib xitob qiladi professor Sang.