Sobiq mulozim: hukumat istasa, qora bozorni yo‘q qiladi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Image caption O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash shahobchalari deyarli yo‘q

O‘zbek so‘mi qadri rekord darajada tushib ketgan.

Hukumatga yaqin Uzmetronom nashrining yozishicha, bir AQSh dollari 3 ming so‘mgacha chiqqan.

O‘zbekiston sobiq sho‘ro davlatlari orasida xorijiy valyutaning qora bozori saqlanib qolayotgan yagona davlat.

AQSh dollarining Markaziy Bank belgilagan rasmiy kursi bilan qora bozordagi narxi orasidagi farq yildan-yilga oshib borayotganiga qaramay, hukumat moliya tizimini liberallashtirish chaqiriqlarini rad etib keladi.

O‘zbekiston so‘nggi paytlarda o‘z qonunlariga zid ravishda uchoq chiptalari va mashinalarni o‘zbek so‘mida sotmaydigan qilib qo‘ygan.

Uzmetronomning yozishicha, O‘zbekistondagi noqonuniy iqtisod davlatning qonuniy iqtisodidan qariyb 10 barobar katta.

1996-2002 yillarda O‘zbekiston Moliya vazirligida mas‘ul lavozimlarda ishlagan, hozirda AQShda yashayotgan Shermuhammad Abdullozodaning BBC bilan suhbatda aytishicha, hukumat jiddiy islohotlarga qo‘l urmas ekan, so‘m qadrsizlanishda davom etadi.