Uyi buzilgan Xolid oilasi bilan g‘orda yashamoqda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qariyb 20 yillik Isroil-Falastin muzokaralari yana depsinib qolmoqda.

Mustaqil Falastin davlatini tuzish yo‘lidagi so‘nggi sa‘y-harakatlar ham Isroil bilan o‘rtadagi mavjud nizolar hamda uy-joyidan ajralgan va ichki qochqinga aylangan falastinlikar taqdiri xususidagi yechilmagan savollar bois biron natija bermayapti.

Isroil bu o‘rinda falastinliklarni ayblaydi. Falastinliklar esa Isroilni va uning qudratli ittifoqchisi bo‘lmish AQSh rahbariyatini ayblaydi.

Isroil uyini buzib tashlagan falastinliklardan biri - Xolid va uning oilasi bugun g‘orda yashashmoqda.

G‘orda yashash xunuk eshitiladi, lekin hovli-joyidan ajralgan Xolid bu bilan o‘z noroziligi va siyosiy mavqeini ham namoyon etayotir.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002