Muhojirning uch asosiy o‘ylovi nima?

BBC O‘zbek xizmati so‘rov boshlagan.

Unda qo‘yilgan savol - o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini o‘ylantirayotgan 3 ta dolzarb muammo nima?

Fikrlarni Facebook va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlarida yoki uzbek@bbc.co.uk elektron pochtasiga maktub yo‘llab qoldirish mumkin.

BBCning "Odnoklassniki"dagi sahifasida Bahodir Karimov shunday yozgan:

1. Ish macalacini hujjatlashtirish. 2. Turar joy macalaci. 3. Ish topish (xavfciz ish, ya‘ni odam cavdociga tushib qolmacliq, firibgar o‘rtakashlar qo‘liga tushib qolmaclik).

NN ismli o‘quvchi: SAMARQANDDAN BIR AYOL BOR. FAQAT ISH TOPIB ODAMLARDAN YARIM PULINI OLIB ALDAB YURIBDI.

Sharif Eshonqulov: Menimcha ichki muammolar ko‘p sonli mehnat muhojirlarini keltirib chiqaryapti. Shunday ekan, savolni: O‘zbek xalqini o‘ylantirayotgan 3 ta muammo nima? -deb qo‘yish kerakmidi?

Adiz Temirov: O‘zbekistondagi mehnat muhojirlarini o‘ylantiradigan muammo deport bo‘lmaslik. Yaxshi pullar ishlab, orzu-niyatiga yetish. Qolgani hammasi bir pul - kim prezident bo‘ladi, kim hokim bo‘ladi, o‘zgarish hech qanaqa yo‘q.

Facebookda Menisa Seidagzem ismi bilan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi shunday yozgan: Eng asosiysi, tinchlik. Yurtimizga ko‘z tegmasin! Xudoga ming bora shukur, tinch yashayapmiz. Qolgan masalalar muammo emas, hammasi sekin-asta hal bo‘ladi.

Anvar Qosimxo‘jayev: Asosiy savol: - Qachon O‘zbekistonda demokratiya asoslari hukmronlik qiladi? Qachon O‘zbekistonda teng huquqlilik hukmronlik qiladi? Qachon o‘zini vazifasini oqlamagan insonlar o‘z xohishi bilan siyosiy doiradan chiqib ketadi?

Alovuddin Qurboniy: Mani O‘zbekistonda Karimovdan keyin kim prezident bo‘lishi emas, mana bu muammolar ko‘proq o‘ylantiradi: 1. Hozir Rossiyada ishlab yashayotgan muhojirlarga Rossiya pasportini berish osonlashtirildi(Olishmagani yaxshi). 2.Rossiyaning Ukraina va Qrim voqealaridan keyingi Markaziy Osiyoga munosabati. 3. O‘zbekistondagi madaniyat, urf-odat, tili, dini, milliy qadriyatlari yo‘qolib borayotgani judayam o‘ylantiradi. Bularni katta muammo deb bilaman.

Jahongir Ergashev: 1. Korrupsiyani bizda yengishni iloji bormi? 2 Ta'lim tizimida islohotlar, tub islohot amalga oshiriladimi? 3 O'zbekiston 5 yildan keyin qay ahvolda bo'ladi?

Siz nima deb o‘ylaysiz, o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini o‘ylantirayotgan 3 ta dolzarb muammo nima?

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002