Xitoy vokzaliga ikki oydagi ikkinchi hujum

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

So‘nggi ikki oy mobaynida Xitoy temir yo‘l stantsiyasiga ikkinchi hujum ro‘y bergan.

Mart oyidagi Kunmin vokzalidagi qariyb 30 inson o‘limida Xitoy hukumati Uyg‘urlarni ayblagan.

Uch inson halok bo‘lgani, qariyb 80 kishi yaralangani xabar qilinayotgan Urumchi stantsiyasidagi portlashni Xitoy "so‘nggi terrorchilik xuruji" deb atagan.

Prezident Shi Jinping "terror hujumlari"ga qarshi "qat‘iy kurash"ga chaqirgan.

Pekindagi BBC muxbiri Martin Patience videolavhasi.