Xitoy vokzalida yana pichoq hujumi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Xitoyning Guangjou vokzalidagi pichoq hujumida 6 inson yaralangan.

Bu oxirgi haftadagi ikkinchi shunday hujum bo‘lgan.

Bir shaxs politsiya tomonidan otilib qo‘lga olingan.

O‘tgan hafta Urumchi temir yo‘l stantsiyasidagi hujumda 3 inson halok bo‘lgan, 70 dan ziyod odam yaralangan edi.

Mart oyidagi Kunmin vokzalidagi 29 insonni o‘ldirgan pichoq hujumida Xitoy Uyg‘ur islomiy jangarilarini ayblagan.

BBCning Pekindagi muxbiri Martin Peyshens ushbu zo‘ravonlik ortidan olingan xabarlarni sharhlaydi.