AQSh rasmiysi O‘zbekistonda nimalarni muhokama qilishi mumkin?

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining muovini Vilyam Byorns Toshkentga safar qilgan.

U ertaga Qozog‘iston poytaxtiga ham borishi rejalashtirilgan.

Janob Byorns ikki davlat rahbariyati, vazirlar va boshqa nufuzli rasmiylar bilan uchrashadi, biroq qandaydir yangi bitim imzolanishi kutilmagan.

Ayni damda Byorns janoblari O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlariga AQSh Afg‘onistondan chiqib ketganidan keyin ham o‘zaro yaqin hamkorlik davom etishiga ishontirishmoqchi ekani aytiladi.

AQShning ikkinchi eng nufuzli diplomati O‘zbekistonda nimalarni muhokama qilishi mumkin? Ushbu savol bilan BBC sobiq diplomat Toshpo‘lat Yo‘ldoshevga murojaat qildi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

---------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz telefonimiz - +44 7858 860002.