Musulmonlar Hind saylovi qurboni

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Hindistonning Assam shtatidagi hujum oqibatida kamida 36 inson halok bo‘lgan.

Mamlakatda parlament saylovida ovoz berish davom etmoqda, Kagrabari qishlog‘i ahli aytishicha, ular ovoz bergan nomzod uchun hujumga uchraganlar.

Musulmonlar qishlog‘iga bo‘lginchi jangarilar hujum qilgan, deb ko‘rilmoqda.

Bu qishloq ahliga hamdardlikdan ko‘ra, ularni bu yerdan haydab chiqarish kayfiyati kuchli ekani ko‘zga tashlanadi, deya xabar qiladi BBC muxbiri Endryu Nors(Andrew North) o‘zining videolavhasida.