Britaniyaning Barclays banki 14 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Image copyright AFP

Barclays bank butun dunyoda 14 ming ish o‘rnini qisqartirishga qaror bergan. Qisqartirishlarning 70 foizi Britaniyaning o‘ziga to‘g‘ri keladi.

Bundan avval bank shirkatning yangi rejalariga ko‘ra, 12 ming xodimga iste‘fo berish ko‘zda tutilganini aytgan edi.

Bunday yirik qisqartirishlarning asosiy sababi 2015 yilda xarajatlarni 1,7 mlrd funt sterling(2,9 mlrd dollar)gacha kamaytirishdir.

Cheklashlar eng avvalo investitsiya loyihalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlarga ta‘sir qiladi.

Dastlabki 7 ming ish o‘rni 2016 yilda tugatilishi kerak. 2016 yilda Barclays 19 ming kishini ishdan bo‘shatadi. Ularning 10 mingi Britaniyaga to‘g‘ri keladi.

Bu Barclaysning Ovro‘podagi 16 mlrd funt(27 mlrd dollar)ga teng barcha bank xizmatlariga aloqador bo‘lishi aytilgan.

Barclays tejalgan mablag‘larga Britaniya va Afrikadagi biznesini rivojlantirishni ko‘zlamoqda.

"Biz miqyosi va raqobatbardoshligi manfaatlarimizni himoya qiladigan joylarda faoliyat yurgizamiz", deydi Barclays bosh direktori Entoni Jenkins.

2014 yilning birinchi kvartalida Barclaysning investitsiya bo‘yicha daromadi 49 foizga kamaygan.

Valyuta, zayom va birja mahsulotlari savdosidan, bank daromadi 41 foiz tushgan. Bu 1,23 milliard funt yoki qariyb 2 milliard dollar degani.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002