Saudiyalik blogger "Islomni haqorat qilgan"i uchun 10 yilga qamaldi

Saudiya Arabistoni mahkamasi blogger Raif Badaviy liberal internet forum tuzgani va Islomni haqorat qilishga jur‘at etgani uchun uni o‘n yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Badaviy bundan tashqari ming darra uriladi va 1 million rial(266 ming dollar) jarima to‘lashga majbur.

Raif Badaviy o‘zining internet blogida podshohlikning ulamolari va va diniy politsiya ishini tanqid qilgan, 2012 yil hibsga olingan edi.

Amnesty International xalqaro inson haqlari tashkiloti Badaviyga chiqarilgan hukm o‘ta shafqatsizligini aytib, uni bekor qilishni so‘ragan.

Hukumatga yaqin ro‘znomaga ko‘ra, Badaviy o‘ziga nisbatan yengilroq jazo - yetti yil uch oy qamoq va 600 darra olish imkoniyatini yutolmagan.

Badaviy oldinroq 7 may "Saudiyada liberallar kuni" bo‘lishiga chaqirib, maqolalar yozgan. O‘shandan buyon uning websayti yopib qo‘yilgan.

Amnesty International Badaviyni "vijdon tutquni deb atagan va hukumatdan uni ozod qilishga chaqiradi.

"Rauf Badaviy Suadiya Arabistonida tinch faollarning ovozini o‘chirish shafqatsiz kampaniyasi oxirgi qurbonlaridan", deyiladi Amnesty International bayonotida.

O‘tgan yil oktyabr oyida Islomga qarshi haqoratli twitlari uchun bir yarim yilga qamalgan saudiyalik jurnalist ozodlikka chiqarilgan.

Hamza Qoshg‘ariy 2012 yil bosimlar ortidan Saudiyadan Malayziyaga qochgan, biroq bir necha kundan so‘ng Saudiyaga topshirilgan edi. U jamoatchilikdan kechirim so‘raganidan keyin ozod qilingan.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002