Markaziy Osiyo davlatlari ittifoqi ushalmas orzumi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Yaqinda Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Turkistonlilar qurultoyida "zudlik bilan" O‘rta Osiyo davlatlari hamkorlik tashkiloti tuzish chaqirig‘i yangradi.

"Sovet Ittifoqi tarqalib ketgandan keyin, afsuski, davlatlarimiz orasida hamkorlik va xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlash istalgan darajada amalga oshmadi. Xalqaro siyosat maydonidagi keyingi voqealar, xususan Qrimning Rusiya tarafidan qayta ishg‘ol qilinishi, Ukrainadagi voqelarning fuqaroviy urush tomon ketayotgani, bu fojeaviy voqealarning tarixiy ismi Turkiston bo‘lgan O‘rta Osiyo hududlariga ham yetib kelishi mumkinligiga ishorat qilmoqda. Bu esa xalqlarimizning asrlar davomida kutgan haqiqiy mustaqilligini va tarixiy haqiqatlarga asoslangan hamkorliklarini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham Xalqaro Turkistonliklar qurultoyi sizlarni tarixiy bir vazifani ado etishga da‘vat qiladi. Bu zudlik bilan O‘rta Osiyo Davlatlari Hamkorlik Tashkilotining tuzilishi va e‘lon qilinishidir", deyilgandi Istanbuldagi anjuman yakunida qabul qilingan bayonotda.

Xalqaro Turkistonliklar Hamkorlik Jamiyatining birinchi qurultoyida Markaziy Osiyo respublikalari vakillari, bu o‘lkalarning yurt tashqarisidagi vatandoshlari, mintaqa siyosatiga ixtisoslashgan ekspertlar to‘plandilar.

Tashkilotchilarga ko‘ra, jamiyatdan ko‘zlangan maqsad, turkistonliklarni birlashtirish, mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda mavjud muammolarni hal etishda ishtirok etish, qadimdagi "Turkiston hamkorligini qayta tiklash"ga hissa qo‘shishdir.

Ammo, Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi qator siyosiy muammolar - chegara masalalari, o‘zaro viza tizimlari, savdo-sotiqdagi kelishmovchiliklar tashqari madaniy hamkorlik ham Sho‘rolar qulashi bilan qariyb to‘xtab qolgan bir paytda bu kabi maqsadlarni amalga oshishi neqadar imkonli?

Gulsevar Zamon qurultoy tashkilotchilari va ishtirokchilarining fikrlarini o‘rgangan.

------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002