Xitoydagi namoyishda o‘nlab odamlar jarohat oldi

Image copyright AFP

Xitoyda axlat yoquvchi inshootning qurilishiga qarshi o‘tkazilgan namoyishda kamida 39 odam jarohat olgan.

Zo‘ravonlik shanba kuni sharqiy Jezyang viloyatidagi Xangjou shahrining Yuhang tumanida kelib chiqqan. Jarohatlanganlar orasida 29 politsiya zobiti ham bor.

Mahalliy hukumat aholining dastagisiz loyiha amalga oshirilmasligini aytgan.

Xitoy bo‘ylab yiliga o‘n minglab namoyishlar o‘tkaziladi. Namoyishchilar odatda havoning zaxarlanishi, korruptsiya va yerning kuch bilan tortib olinishiga qarshi chiqadilar.

O‘tgan oy janubdagi Guangdong viloyatida kimyoviy korxona qurilishiga qarshi yirik namoyishda 18 kishi hibsga olingandi.

Xitoyda tez suratlarda sanoatlashayotgan ko‘plab yirik shaharlar zaxarli tutun ichida qolar ekan, fuqarolar havoning zaxarlanishiga qarshi tobora ko‘p chiqishlar qilishmoqda.

Davlat matbuotiga ko‘ra, Yuhangdagi axlat yoqish inshooti rejalari o‘tgan aprel oyida ochiqlangan.

Shanba kungi namoyishda ikki politsiya mashinasi yoqib yuborilgan va o‘nlab mashinalar ag‘darilgan.

Hukumatning rasmiy web sahifasida chop qilingan bayonotda mahalliy aholining roziligiga erishilmaguncha inshoot qurilishi to‘xtatib qo‘yilishi aytiladi.

Similar protests in other parts of China have prompted the authorities to change their plans.

-------------------------------------------------------------------------------------------

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858 860002